Zelenskiy Baydenga «Ukraina uchun g‘alaba rejasini» taqdim qilmoqchi

Zelenskiy Baydenga «Ukraina uchun g‘alaba rejasini» taqdim qilmoqchi


Uning so‘zlariga ko‘ra, reja to‘rt qismdan iborat bo‘ladi: Kursk viloyatidagi hujum, «Ukrainaning dunyoning xavfsiz infratuzilmasidagi strategik o‘rni», «Rossiyani urushni diplomatik yo‘l bilan tugatishga majburlashning kuchli paketi» va iqtisodiy qism. Ukraina prezidenti bu haqda batafsil gapirmadi. Vladimir Zelenskiy bu rejani Kamala Xarris va Donald Trampga ham yetkazish to‘g‘ri bo‘lishini qo‘shimcha qildi: «Chunki biz kim prezident bo‘lishini bilmaymiz, lekin biz bu rejani rostdan ham amalga oshirishni xohlaymiz», dedi u matbuot anjumanida.

Bundan tashqari, Zelenskiy Ukraina o‘zining ilk ballistik raketasini yaratganini, go‘yoki muvaffaqiyatli sinovdan o‘tganini aytdi. «Harbiy-sanoat kompleksimizni bu bilan tabriklayman», - deya yakunladi u.

Va nihoyat, Vladimir Zelenskiy G‘arb ittifoqchilari u bilan Ukrainaning Rossiya hududiga o‘z qurollarini qo‘llash bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash haqida «so‘zlashmaslikka harakat qilishlarini» aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!