Zelenskiy: "Bayden Putin bilan uchrashishidan oldin men bilan maslahatlashishi kerak"

Zelenskiy: "Bayden Putin bilan uchrashishidan oldin men bilan maslahatlashishi kerak"

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvidan oldin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan "dunyoning istalgan nuqtasida" uchrashishga tayyorligini bildirdi. Uning fikricha, janob Bayden u bilan maslahatlashmasdan xato qilyapti.

Axios jurnalisti Vladimir Zelenskiydan Jo Bayden Vladimir Putin bilan sammit oldidan u bilan maslahatlashganmi, deb so‘radi. «Hali emas, va menimcha, bu ularning ishi. Ammo menimcha, maslahatlashishmasa, bu katta xato bo‘ladi”, - dedi Zelenskiy. Uning fikriga ko‘ra, Ukraina ko‘p yillik qo‘shniligi va sharqdagi urush tufayli Rossiyani chuqurroq anglaydi. Uning ta’kidlashicha, Kiyev Moskva qanday qadamlar qo‘yayotganini tushunadi.

Ukraina Prezidenti bunday maslahatlarni "yuzma-yuz" o‘tkazish kerak, deb hisoblaydi, chunki ko‘p narsalarni shunchaki telefon orqali muhokama qilib bo‘lmaydi. «Men tushunamanki, Baydenning tig‘iz rejasi tufayli bu sodir bo‘lmasligi mumkin, ammo tanlov faqat uning o‘zida qoladi. Ukraina Konstitusiyasining kafili sifatida men dunyoning istalgan vaqtida va istalgan joyida Ukrainani himoya qilishga, Bayden bilan uchrashishga va uchrashuv oldidan ushbu barcha tafsilotlarni muhokama qilishga tayyorman», - deya qo‘shib qo‘ydi Vladimir Zelenskiy. Uning fikriga ko‘ra, u bilan Jo Bayden o‘rtasida "u yoki bu shaklda" qandaydir aloqa "bo‘lishi mumkin".

Shuningdek, Ukraina prezidenti intervyusida AQSh ma’muriyatining "Shimoliy oqim 2" qurilishiga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qaroridan hayratda qolganini aytdi. U bu haqda Vashington vakillaridan emas, balki ommaviy axborot vositalaridan bilib olganini ta’kidladi.

Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi muzokaralar 16 iyunga rejalashtirilgan. AQSh Prezidenti Rossiya tomonidan inson huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligini qayd etish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Rossiya Prezidenti strategik barqarorlik, pandemiya va terrorizmga qarshi kurash va boshqa masalalarni muhokama qilmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!