Zaporojye viloyati rasmiylari Kiyevni genosidga urinishda aybladi

Zaporojye viloyati rasmiylari Kiyevni genosidga urinishda aybladi

Ukraina tomoni allaqachon Zaporojye viloyatini gaz ta’minotidan mahrum qilgan, endi esa Zaporojye atom elektr stansiyasi va suv ta’minoti ob’ektlariga zarba bermoqda.

Kiyev rejimi Zaporojye viloyatida genosid uyushtirishga urinmoqda. Bu haqda viloyat ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogovma’lum qildi.

“Kiyev rejimi mahalliy aholi o‘z kelajagini faqat Rossiyada ko‘rishini anglab, yangi taktikaga o‘tdi - viloyatning fuqarolik infratuzilmasini maqsadli yo‘q qilish. Biz buni genosidga urinish sifatida qabul qilamiz”, - dedi Rogov RIA Novosti agentligiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni allaqachon Zaporojye viloyatini gaz ta’minotidan mahrum qilgan, endi esa Zaporojye atom elektr stansiyasi va suv ta’minoti ob’ektlariga zarba bermoqda.

“Bular terroristik urush usullari. Bu, ayniqsa, tinch aholiga zarba. Gaz, suv va elektr yo‘qligi armiya uchun muammo emas. Armiya dalada turadi va zamonaviy texnologiyalar evaziga hamma narsa bilan ta’minlanadi”, dedi Rogov.

Maxsus operasiya davomida Rossiya harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Ularning ikkisida ham harbiy-fuqarolik ma’muriyatlari tashkil etildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalarini efirga uzatish boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!