Yakkasaroy tumanida piyoda ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yakkasaroy tumanida piyoda ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

2022 yilning 19 noyabr kuni soat taxminan 22:30 larda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida, haydovchi 2003 yilda tug‘ilgan Asadbek A. «Nexia-3», rusumli, davlat raqam belgisi 01 01 678 NFA bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, piyodani urib yuborgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida 34 yoshli Railya K. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Marhumaning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!