Xudoyorxon qarorgohida Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi

Xudoyorxon qarorgohida Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Markaziy bog‘i hududidagi Xudoyorxon qarorgohida 10 – 15 sentyabr kunlari Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tadi.

Ushbu yirik tadbir «Hunarmand» uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Farg‘ona viloyat hokimligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur Festival milliy va jahon madaniyati, amaliy san’atining eng yorqin namoyandalari, mohir, qo‘li gul hunarmand ustalarini bir joyga jamlamoqda.

Festival «Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida» 2018 yil 1 noyabrdagi Prezident Qarori hamda Tashkiliy qo‘mitaning 2019 yil 19 avgustda Vazirlar Mahkamasida xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish Bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Ushbu Festivalni milliy hunarmandchilikning qadimiy maktablaridan biri hisoblangan Qo‘qon shahrida an’anaviy tarzda har ikki yilda bir marta xalqaro miqyosda o‘tkazish belgilangangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!