Xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida amalga oshirgan xarajatlarining bir qismi qaytariladi

Xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida amalga oshirgan xarajatlarining bir qismi qaytariladi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (568-son, 19.09.2020 y).

Nizomga ko‘ra, xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida amalga oshirgan xarajatlarining 20 foizi (biroq 300 ming AQSh dollaridan oshmagan miqdorda) Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qaytariladi.

Bunda, xorijiy kinokompaniya respublika hududida filmlarni suratga olish uchun “O‘zbekkino” Milliy agentligidan ruxsatnoma oladi hamda hamkorlik bo‘yicha Memorandum imzolanadi.

Xorijiy kinokompaniya respublika hududida filmlarni suratga olish uchun O‘zbekistondagi tijorat banklarida maxsus hisob raqami ochadi va xarajatlarni shu orqali amalga oshiradi.

Ruxsatnoma muddati yakunlangandan so‘ng filmni suratga olish ishlari yakunlangan hisoblanadi.

Xarajatlarni qaytarish uchun tegishli hujjatlar Moliya vazirligiga taqdim etiladi va vazirlik tomonidan 10 kun muddatda qaror qabul qilinadi.

Agentlik xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlar qismini qaytarishni muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi.

Davlat byudjetidan mablag‘ ajratilgan xorijiy kinokompaniyalar ro‘yxati Agentlik veb-saytiga joylashtiriladi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!