Xorazmda giyohvandlik vositasini sotayotgan onaxon qo‘lga olindi

Xorazmda giyohvandlik vositasini sotayotgan onaxon qo‘lga olindi

2020 yilning 07 sentyabr kuni soat 22:50 da viloyat bojxona boshqarmasi, IIB va DXX hodimlari bilan hamkorlikda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Urganch shahar 4-dahada yashovchi 50 yoshli F.O. (ayol) yashash xonadonida ikki bo‘lak polietilen paket bo‘lagiga o‘ralgan sof og‘irligi 28.49 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda 12.000.000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan hamda giyohvand vositasi va pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan, deb xabar bermoqda  O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Xorazmda giyohvandlik vositasini sotayotgan onaxon qo‘lga olindi

Shuningdek, F.O., ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda,  xonadonda bir dona polietilen paket bo‘lakchasiga o‘ralgan sof og‘irligi 2.94 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan va posessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan F.O., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishliligi bo‘yicha Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha F.O., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!