Xizmat ko‘rsatish korxonalari qariyb 16 trln so‘m soliq to‘lagan

Xizmat ko‘rsatish korxonalari qariyb 16 trln so‘m soliq to‘lagan

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 167 314 ta yuridik shaxs tomonidan 15,9 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 3,3 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 20,5 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 33,9 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 2,4 trln so‘mni tashkil etgan.

Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

▫️QQS – 962,5 mlrd so‘m;
▫️foyda solig‘i – 716 mlrd so‘m;
▫️aksiz solig‘i - 493 mlrd so‘m;
▫️ijtimoiy soliq - 441,6 mlrd so‘m;
▫️JSHODS - 418,6 mlrd so‘m;
▫️mol-mulk solig‘i - 155,1 mlrd so‘m;
▫️er solig‘i - 47,7 mlrd so‘m;
▫️boshqa soliqlar - 39,8 mlrd so‘m.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!