Xitoyda bloger qiz jonli efir vaqtida o‘z joniga qasd qildi. Marhumning xokini esa o‘g‘irlab ketishdi

Xitoyda bloger qiz jonli efir vaqtida o‘z joniga qasd qildi. Marhumning xokini esa o‘g‘irlab ketishdi

Xitoyda Shandun provinsiyasida Luoxiaomaomaozi nikli bloger jonli efir vaqtida o‘z joniga qasd qildi. O‘limidan keyin qizning xokini sotib olishga harakat qilishdi. Bu haqda 24 noyabr, chorshanba kuni Vice xabar berdi.

Qayd etilishicha, oktyabr oyida qiz Douyin ilovasi orqali jonli efirga chiqib, noma’lum modda solingan shishani chiqarib, o‘z joniga qasd qilish haqida gapira boshlagan va undan suyuqlik ichgan. Ushbu translyasiyadan keyin qiz kasalxonaga yotqizilgan va u yerda vafot etgan.

Shu bilan birga, mahalliy ommaviy axborot vositalari bloger suyuqlik ichganida, tomoshabinlar uni boshlagan ishini oxiriga yetkazishga undaganini qayd etdi.

Marhumning jasadi kremasiya qilindi. Shundan so‘ng uning xokini krematoriy xodimi o‘g‘irlab ketib, uni “arvohlar to‘yi” uyushtirmoqchi bo‘lgan oilaga sotmoqchi bo‘lgan. Buning uchun xodim taxminan 11 ming dollar talab qilgan.

“Arvohlar to‘yi” Xitoyning ayrim hududlarida o‘tkaziladigan marosimdir. Odamlar o‘lgan qarindoshlari uchun "to‘y" uyushtirishadi, ular keyingi hayotda oila topa oladi, deb ishonishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!