Xanchjou-2022. Shaxmat. Yigitlarda g‘alaba, qizlarimizda esa mag‘lubiyat

Xanchjou-2022. Shaxmat. Yigitlarda g‘alaba, qizlarimizda esa mag‘lubiyat

Osiyo O‘yinlarida shaxmat bo‘yicha jamoamiz musoaqabada 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Bugun har ikki jamoamizga Vyetnam terma jamoalari raqiblik qildi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi raqibni 3-1 hisobida mag‘lub etdi. Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarini g‘alaba bilan yakunlagan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov o‘yin davomida bir sipox ustunligiga ega bo‘lishiga qaramay, raqib surat ustunligiga erishdi va g‘alabaga erishdi. Natijada erkaklar o‘rtasidagi to‘qnashuvda O‘zbekiston g‘alaba qozondi va ochkolarimiz 5 taga yetdi.

Ayollar o‘rtasidagi o‘yinda durang qayd etilishga yaqin edi. Umida Omonova g‘alaba qozonib, Nilufar Yoqubboyeva va Marjona Malikova yutqazgach, vyetnamliklar 2-1 hisobida oldinga o‘tib olishdi. Afruza Hamdamova esa g‘alabaga juda yaqin edi, ammo birgina noaniq yurish tufayli o‘yin durang bilan yakunlandi. Oqibatda 1,5 - 2,5 hisobida mag‘lub bo‘ldik.

Erkaklar terma jamoamiz 4-turda ko‘p ehtimol bilan ayni paytda peshqadam bo‘lib turgan Eronga qarshi dona suradi. Qizlarimizning raqibi esa keyinroq aniq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!