Xalqaro Kurash assosiasiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Xalqaro Kurash assosiasiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29 iyul kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida Xalqaro Kurash assosiasiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Xalqaro Kurash assosiasiyasi Prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo o‘yinlari Bosh direktori Haydar Farmon, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi vise–Prezidenti Sherzod Tashmatov va videokonferens aloqa tizimi orqali Assosiasiya Vise–Prezidentlari va IKA tarkibidagi milliy federasiyalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Xalqaro Kurash assosiasiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdiXalqaro Kurash assosiasiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdiXalqaro Kurash assosiasiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdiXalqaro Kurash assosiasiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdiXalqaro Kurash assosiasiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

IKA Prezidenti tomonidan Kurashning xalqaro maydondagi rivoji, o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqalar, qit’aviy o‘yinlarda ishtiroki va joriy yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan qit’a va Jahon chempionatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Darhaqiqat, o‘tgan olti oy mobaynida Kurashning xalqaro rivoji borasida bir qator muhim tadbirlar amalga oshirildi:

  • 17-21 mart kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasi Osiyo chempionati va Osiyo–Okeaniya Kurash Konfederasiyasining navbatdagi Kongresssi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli chempionatda qit’amizning 24 ta mamlakatidan 200 nafardan ziyod eng sara polvonlar g‘oliblik uchun gilamga tushdi.

  • 24-27 mart kunlari Xalqaro Kurash instituti bilan hamkorlikda Italiyaning Rim shahrida Yevropa Kurash konfederasiyasiga a’zo mamlakatlar Kurash murabbiylari uchun xalqaro seminar tashkil etildi. Seminarda 10 ga yaqin mamlakatdan 90 nafar kurash murabbiylari ishtirok etdi.
  • 28-30 mart kunlari Hindistonning Mumbay shahrida IKA ning navbatdagi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida Kurashning oldida turgan ko‘plab masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
  • 08-10 aprel kunlari Gresiyaning Patros shahrida Yevropa Olimpiya qo‘mitasi va Gresiya ta’lim va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro sport konferensiyasi va ko‘rgazmasida Kurash sporti keng taqdimot qilindi.
  • 12-23 may kunlari Ve’tnamning Xanoyi shahrida Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarining 31-SEA Games o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘yinlar Dasturidan Kurash sporti 2019 yildan rasman o‘rin olgan bo‘lib 10 vazn toifasida 9 mamlakatdan 90 nafar kurashchilar ishtirok etdi.

  • 02-09 iyun kunlari Panamerika Kurash Konfederasiyasi tomonidan Xalqaro Kurash haftaligi tashkil etildi. Haftalik davomida Kurash va Sohil Kurashi bo‘yicha Pan amerika chempionati, Hakamlik va murabbiylik xalqaro seminari, Bolalar o‘rtasida Kurash bo‘yicha chizilgan rassomlik asarlari tanlovi va ko‘rgazmalari o‘tkazildi. Mazkur nufuzli tadbirlarda Konfederasiyaga a’zo 19 ta mamlakatdan 500 dan oshiq ishtirokchilar qatnashdi.
  • 17-20 iyun kunlari BAAning Dubay shahrida G‘arbiy Osiyo mamlakatlari uchun xalqaro hakamlik seminari tashkil etildi. Seminarda Iroq, Saudiya Arabistoni, BAA, Yaman, Qatar, Iordaniya, Suriya, Livan, Quvayt, Falastin davlatlaridan 100 nafardan ziyod hakamlar ishtirok etdi.
  • 23-30 iyun kunlari Hindistonning Puna shahrida navbatdagi xalqaro Kurash haftaligi tashkil etildi.
  • Haftalik Dasturidan hakamlik va murabbiylik seminari va imtihonlari, Kurash bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
  • 25-26 iyun kunlari Livanning Beyrut shahrida Kurash bo‘yicha Arab davlatlari chempionati bo‘lib o‘tdi. Chempionatda Afrika va Osiyo qit’asidan 10 ga yaqin Arab mamlakatlari qatnashdi.
  • Shuningdek, Saudiya Arabistoni, Ekvador, Birlashgan Arab Amirligi, Qatar, Bolgariya davlatlarida milliy federasiyalar faoliyat boshladi va dunyo Kurash oilasiga a’zo bo‘ldi.

27 iyul– 08 avgust kunlari Rossiyaning Vladivostok shahrida 7-Osiyo bolalar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli sport bayrami Dasturidan Kurash sporti ham rasman o‘rin olgan.

  • 03-07 avgust kurlari Janubiy Afrika Respublikasi Kurash bshyicha Afrika chempionati;
  • 04-08 sentyabr kunlari Taylandning Chonburi shahrida yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati;
  • 21-23 oktyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Yevropa chempionati;
  • 18-24 noyabr kunlari Hindistonning Mumbay shahrida Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionatlari bo‘lib o‘tadi.

Darhaqiqat, Kurash asrlar davomida O‘zbek xalqining eng ommaviy va sevimli milliy o‘yinlari qatorida e’zozlab kelingan. Kurash- yakka kurashning qadimiy turi bo‘lib, tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra uning yoshi uch ming yillikdan ortiqqa borib taqaladi.

Kurash – o‘zbekcha so‘z bo‘lib, g‘alabaga halol yo‘l degan ma’noni bildiradi.

Bugungi kunda Xalqaro Kurash assosiasiyasii tarkibida 130 dan ziyod davalatlar milliy federasiyalari faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston hukumatining qo‘llab quvvatlashi va Assosiasiya raxbariyati sayi-harakatlari bilan Kurash sporti Osiyo o‘yinlarining barcha Dasturlaridan rasman o‘rin egallagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4-noyabr kuni “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 4881-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror Kurash sportining rivoji yo‘lidagi yangi davrni boshlab berdi.

Qaror asosida Assosiasiya va uning tarkibidagi milliy federasiyalarni qo‘llab-quvvatlash, professional kurashchi va mutaxassislarni tayyorlash, Kurash sportini yanada ommalashtirish, Respublika va xalqaro media maydonda keng targ‘ib qilish, kelajakda Kurashni Olimpiyada o‘yinlari Dasturiga kiritish borasida manzilli chora-tadbirlar belgilab berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!