World Boxing tashkiloti ilk jahon chempionati mezboni hamda sanasini e’lon qildi
Havaskor boks olamida yangi tashkil etilgan World Boxing tashkiloti o‘zining ilk jahon chempionatini o‘tkazadi.
Ushbu musobaqa 2025 yilning 4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida o‘tkaziladi. Jahon chempionatida erkaklar ham, ayollar ham 10 tadan vazn toifasida bellashishadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston boks federasiyasi hozircha Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA)ni tark etganicha yo‘q. Olimpiya oilasidan chiqarilgan IBA esa hozircha 2025 yilgi jahon chempionatining mezboni hamda musobaqa muddatini e’lon qilganicha yo‘q.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)