Qo‘shma Shtatlar Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi tinchlikni buzdi

Qo‘shma Shtatlar Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi tinchlikni buzdi

Rossiyaning Anqaradagi elchisi Aleksey Yerxov Turkiyaning Cumhuriet gazetasiga intervyu berib, kun tartibidagi janglar va boshqa dolzarb mavzular haqida fikr bildirdi.

◼️Elchining aytishicha, Rossiya qo‘shinlari Rossiyaning Kursk viloyatidan Ukraina bo‘linmalarini bosqichma-bosqich siqib chiqarmoqda va shu bilan birga Ukrainaning Donesk va Lugansk viloyatlarida ham hujumlarini davom ettirmoqda. U Ukraina Qurolli kuchlarini Zaporojye atom elektr stansiyasini o‘qqa tutganlikda va Kursk AESiga yetib borishga urinayotganlikda ayblab, atom elektr stansiyasidagi portlash halokatli global oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

◼️Diplomatning ta’kidlashicha, Rossiya har doim gaz yetkazib berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajaradi va boshqa davlatlarga energetika xavfsizligi masalalarida Ukrainaga tayanishni maslahat bermaydi.

◼️U Turkiyaning Rossiyani navbatdagi tinchlik konferensiyasiga qo‘shish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishladi, biroq agar Rossiya faqat ultimatum berish uchun taklif qilinsa, Moskva ishtirok etishdan bosh tortishini ta’kidladi.

◼️Unga ko‘ra, urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay, Istanbuldagi Dolmabaxche saroyida Ukraina va Rossiya delegasiyalari o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi loyihasi bo‘yicha kelishib olishgan, ammo AQSh va Buyuk Britaniya go‘yoki Ukraina prezidenti Zelenskiyga uni qabul qilishni taqiqlagan.

◼️U urushda Ukrainani u yoki bu tarzda qo‘llab-quvvatlayotgan barcha NATO davlatlarini ularning harakatlari xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

◼️Elchi Turkiya va Suriya oliy martabali vakillarining navbatdagi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!