Isroilning G‘azodagi maktabga hujumi AQSh ko‘magida sodir etilgan harbiy jinoyatdir

Isroilning G‘azodagi maktabga hujumi AQSh ko‘magida sodir etilgan harbiy jinoyatdir

Isroilning ko‘chirilgan falastinliklar yashaydigan maktabga va Sog‘liqni saqlash vazirligi omborlariga hujumlari «AQSh siyosiy va harbiy ko‘magida amalga oshirilgan urush jinoyatlaridir». Bu haqda Falastinning Xamas harakati yozma bayonotida aytiladi.

Bayonotda, Isroilning so‘nggi soatlarda bir qancha qirg‘inlar sodir etgani qayd etilgan. Xususan, G‘azodagi Ez-zeytun maktabiga uyushtirilgan hujumda 13 nafari bola va 6 nafari ayol bo‘lgan 22 kishi, Rafahdagi Sog‘liqni saqlash vazirligi omborlariga qilingan hujumda 5 vazirlik xodimi halok bo‘ldi.

«Zamonaviy tarixda misli ko‘rilmagan bu jinoyatlar barcha insonparvarlik va xalqaro qadriyatlarning ochiqdan-ochiq buzilishi bo‘lib, Qo‘shma Shtatlarning harbiy va siyosiy ko‘magida sodir etilgan harbiy jinoyatdir», — deyiladi bayonotda.

Unda qayd etilishicha, xalqaro hamjamiyat va insoniyat Isroil tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga chek qo‘yish va «terrorchi qo‘mondonlarni» javobgarlikka tortish uchun ma’naviy va huquqiy muammoga duch kelmoqda.

HAMAS arab va islom davlatlari, shuningdek, dunyoning barcha ozod odamlarini birlashishga va har qanday vosita bilan Isroilga qarshi turishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!