Zelenskiy Baydendan Ukraina uchun «muhim qarorlar»ni talab qildi

Zelenskiy Baydendan Ukraina uchun «muhim qarorlar»ni talab qildi

Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Jo Baydendan AQSh prezidentligi davrida Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim qarorlar qabul qilishni talab qildi . Bu haqda u xorijlik jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi, deya xabar beradi «Interfaks-Ukraina».

Zelenskiyning ishonchi komilki, Bayden «Ukrainani kuchaytira oladi va u Qo‘shma Shtatlar prezidenti bo‘lgan davrda Ukraina kuchayishi va mustaqilligini himoya qilishi uchun muhim qarorlar qabul qilishi mumkin».

«Menimcha, bu hech bo‘lmaganda Ukraina nuqtai nazaridan hamon tarixiy missiya. Chunki uning o‘z hayoti va siyosiy karerasi bor. Men u uchun nima muhimligini bilmayman. Men faqat bu urush nuqtai nazaridan gapiryapman», dedi u.

Ukraina prezidenti «Bayden bilan juda qiyin va qiziqarli muloqotlar o‘tkazganini» ta’kidladi, shundan so‘ng u fikrini o‘zgartirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!