O‘zbekistonga «nomaqbul xorijliklarning» kirishi taqiqlandi

O‘zbekistonga «nomaqbul xorijliklarning» kirishi taqiqlandi

Oliy Majlis Senati muayyan ro‘yxatga kiritilgan xorijiy fuqarolarni respublikada nomaqbul deb topuvchi o‘zgartishlarni qabul qildi.

«Qora ro‘yxatga» ochiq bayonoti va xatti-harakatlari O‘zbekistonning davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga zid bo‘lgan, davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni qo‘zg‘atuvchi shaxslar kiritiladi.

Bundan tashqari, o‘zbek xalqining sha’ni, qadr-qimmati va tarixini obro‘sizlantirgan bayonot va xatti-harakatlari bilan chet el fuqarolari ham ro‘yxatga kiritilishi mumkin.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, «qora ro‘yxat»da bo‘lganlarning mamlakatga kirishi besh yilga man etiladi, banklarda hisob raqamlari ochishi, ko‘chmas mulk sotib olishi, mulkni xususiylashtirishda ishtirok etishi, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishishi taqiqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!