Vengriya bosh vaziri: "Ukraina Afg‘onistonga aylandi"

Vengriya bosh vaziri: "Ukraina Afg‘onistonga aylandi"

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukraina suverenligicha qoladimi, degan savolga javob berdi. Bu haqda Politico xabar bermoqda.

Viktor Orbanning fikricha, vaqt Rossiya tomonida bo‘lgani uchun Ukraina mag‘lubiyatga uchradi. Vengriya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina "Afg‘onistonga aylandi".

Vengriya Milliy Assambleyasining sobiq a’zosi Jujanna Selenining ta’kidlashicha, Viktor Orban G‘arb oxir-oqibat Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini kutmoqda. Vengriya hukumati Moskva bilan munosabatlarni saqlab qolishdan mamlakat foyda ko‘rishiga va mojaro tezda hal etilishiga umid qilmoqda, dedi u. Ba’zilar Vengriya Rossiya va Yevropaning qolgan qismi o‘rtasida ko‘prik bo‘ladi va savdoda bu pozisiyadan foyda ko‘radi, deb ishonishgan.

Viktor Orban ta’kidlaganidek, Vengriya har doim mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishni talab qilib kelgan va Kiyevga qurol bermagan, chunki u mojaro ishtirokchisi bo‘lishni istamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!