Venesuelaning asosiy muxolifat koalisiyasi uchinchi urinishda prezidentlik saylovida qatnashuvchi nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi

Venesuelaning asosiy muxolifat koalisiyasi uchinchi urinishda prezidentlik saylovida qatnashuvchi nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi

Rasmiylar bundan oldin muxolifatning ikki nomzodiga iyul oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishiga to‘sqinlik qilgan edi.

Birlashgan Platforma koalisiyasi (Platforma Unitaria) chorshanba kuni o‘z a’zolaridan biri, sobiq diplomat Edmundo Gonsalesni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qildi.

Shu bilan birga, muxolifat koalisiyasi Gonsales vaqtinchalik nomzod bo‘lishini, chunki kerakli nomzodni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lmaganliklarini ma’lum qildi. Venesuela qonunlariga ko‘ra, partiyalar 20 aprelgacha nomzodlarni almashtirishlari mumkin.

Muxolifat nomzodi 2013 yilda vafot etgan Ugo Chavesning vorisi, prezident Nikolas Maduroga qarshi prezidentlik uchun kurashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!