Venesuelada namoyishlar chog‘ida 15 ga yaqin kishi hibsga olindi

Venesuelada namoyishlar chog‘ida 15 ga yaqin kishi hibsga olindi

Venesuela huquq-tartibot idoralari xodimlari mamlakatdagi norozilik namoyishlari fonida vandalizm va beqarorlik harakatlari sodir etgani uchun kamida 15 kishini hibsga oldi.

Bu haqda Venesuela bosh prokurori Tarek Uilyam Saab gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘qqiz kishi, jumladan, 15 yoshli o‘smir vandalizm va odamlar joylashgan partiya shtabiga o‘t qo‘yish vaqtida qo‘lga olingan.

Keyinroq huquq-tartibot idoralari xodimlari yana olti kishini hibsga oldi, ulardan uch nafari namoyishlarni boshqargan. Ulardan benzin, pichoq va molotov kokteyllari musodara qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!