Valeriy Tyan yangi lavozimga tayinlandi

Valeriy Tyan yangi lavozimga tayinlandi

Hukumat qaroriga muvofiq, Valeriy Tyan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bergan.

U xorijiy aloqalar va vatandoshlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatga rahbarlik qiladi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» sobiq rahbari, sobiq senator Valeriy Tyan ushbu lavozimda Erkin Hamroyev o‘rnini egalladi. 

Valeriy Tyan 2002 yil iyun oyidan 2017 yil avgustiga qadar qariyb 15 yil davomida «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasini boshqargan. Respublikada xizmat ko‘rsatgan transport xodimi hisoblanadi. «Mehnat shuhrati», «Do‘stlik» hamda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenlari bilan taqdirlangan.

2010 va 2015 yillarda Prezident farmoniga binoan Valeriy Tyan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib tayinlangan. 2020 yil 17 yanvarda Tyanning senator sifatida parlamentdagi faoliyati tugagani ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!