O‘zbekistonda yana 100 ga yaqin odam koronavirus yuqtirdi

O‘zbekistonda yana 100 ga yaqin odam koronavirus yuqtirdi

🔺2020 yil 7 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10670 (+83) nafarni tashkil etmoqda.
 
🔴Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari Toshkent viloyatida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida), 18 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 14 nafari aholi orasida), 15 nafari Buxoro viloyatida, yana 15 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 12 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
❗️Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 59 nafar, Qashqadaryo viloyatida 54 nafar, Jizzax viloyatida 6 nafar, Buxoro viloyatida 2 nafar, jami 121 nafar bemor tuzaldi. 

❗️Shunday qilib yurtimizda 6811 (+121) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (63 foiz) sog‘aygan.
 
‼️Hozirda mamlakatimizda 3819 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!