O‘zbekistonda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda. Lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda. Lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi

Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida talafot ko‘rgan hududlarga O‘zbekistondan insonparvarlik yordami yuboriladi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan turk xalqiga O‘zbekistondagi ikki davlat ishbilarmonlari UTID, TOBB ETÜ TASHKENT, DEIK, MUSAID nomidan insonparvarlik yordami yuborilishi tashkil qilinmoqda.

Turkiyaga yuboriladigan insonparvarlik yordami uchun zarur mahsulotlar ro‘yxatiga bolalar va kattalar uchun qishki kiyimlar, chodir, yotoq, isitish vositalari, generatorlar, chidamli oziq-ovqat konservalari, chaqaloqlar bo‘tqasi va tagliklari, tozalash va gigiyena vositalari kiritilgan.

Gumanitar yordam berish istagida bo‘lganlar Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 30-uy Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti texnoparki manziliga tashrif buyurishlari mumkin (joylashuv).

Yuboriladigan zarur mahsulotlar 8 fevraldan boshlab har kuni soat 10:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun telefon: (+99878) 150 60 06. Qisqa raqam: 1094


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!