O‘zbekistonda ichki ishlar organlari faoliyatida dronlardan foydalanish joriy etiladi

O‘zbekistonda ichki ishlar organlari faoliyatida dronlardan foydalanish joriy etiladi

O‘zbekistonda ichki ishlar organlari faoliyatida dronlardan foydalanish joriy etilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Qayd etilishicha, bu tizim xodimlariga yengillik yaratish maqsadida amalga oshirilib, qurilma IIOga favqulodda vaziyat haqida tezkor ma’lumot olish va zudlik bilan bartaraf etish imkonini berib, vaqtni va resurslarni tejaydi, xarajatlarni kamaytiradi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan hududlarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari, yo‘l-patrul xizmati inspektorlari, IIOning boshqa sohaviy xizmat xodimlarini o‘qitish bo‘yicha uchta maxsus ishchi guruh tuzilgan”, — deydi IIV Axborot texnologiyalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Shohrux Muxtorov.

Tasdiqlangan rejaga asosan, Andijon viloyati IIB va hududiy tuzilmalari xodimlari uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Ularda xodimlarga dronlarning turlari, taktik-texnik tasniflari hamda ishlatish tartibi haqida tushuntirishlar berilgan.

Xizmat vazifasini bajarishda texnologiyalardan foydalanish orqali jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va oldini olish borasidagi ko‘nikmalar shakllantirilgan.

Ta’kidlanishicha, yo‘l harakati xavfsizligi tizimida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish yuqori samaradorlikka imkoniyat yaratadi. Xususan, yo‘l-transport hodisalari, yo‘llarda qoidabuzarliklarni aniqlash, qidiruv-qutqaruv, jumladan, olib qochilgan va o‘g‘irlangan avtomobillarni topish imkonini beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 2 may kuni dronlardan noqonuniy foydalanganlarni ozodlikdan mahrum etishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzolagan edi. Qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!