O‘zbekistonda 100 yoshga kirgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qo‘shimcha pul to‘lanadi

O‘zbekistonda 100 yoshga kirgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qo‘shimcha pul to‘lanadi

O‘zbekistonda 100 yoshga kirgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga pensiyani hisoblashning bazaviy 100 foizi miqdorida qo‘shimcha pul to‘lanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shimcha to‘lov O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘lanayotgan pensiyaga qo‘shib belgilanadi.

Qo‘shimcha to‘lov:

  • 2015 yilning 1 mayiga qadar 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga 2015 yilning may oyidan boshlab;
  • 2015 yilning 1 mayidan keyin 100 yoshga to‘ladigan fuqarolarning pensiyasiga shaxs 100 yoshga to‘lgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab har oyda ariza taqdim etmasdan qo‘shib to‘lanadi.

Belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori o‘zgarganda qo‘shimcha to‘lov pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga mutanosib ravishda o‘zgartiriladi. Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qo‘shimcha to‘lovni belgilash, to‘lash va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq:

  • qo‘shimcha to‘lovni to‘lash pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qat’i nazar amalga oshiriladi;
  • qo‘shimcha to‘lovni to‘lash fuqaroga to‘lanayotgan pensiyani to‘lash to‘xtatilganda yoki to‘xtatib turilganda belgilangan tartibda to‘xtatiladi yoki to‘xtatib turiladi;
  • fuqaro tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan qo‘shimcha to‘lovning hisoblangan summasi o‘tgan vaqt uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga muvofiq pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari oshirilishi hisobga olingan holda biryo‘la to‘lanadi, biroq uni olish maqsadida murojaat qilishdan oldingi 12 oydan ortiq vaqt uchun emas;
  • doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha belgilangan qo‘shimcha to‘lov (O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga jo‘nab ketishdan 6 oy avval O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida to‘lanadi;
  • qo‘shimcha to‘lov to‘lanadigan 6 oylik davr doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishdan avvalgi 6 oy uchun qo‘shimcha to‘lovni to‘lash arizada ko‘rsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi;
  • O‘zbekiston pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan qo‘shimcha to‘lov turar joyidan ro‘yxatdan chiqqan oyning oxirigacha to‘lanadi;
  • fuqaroga qo‘shimcha to‘lov uning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha to‘lanadi;
  • O‘zbekistonda doimiy yashaydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga qo‘shimcha to‘lov yashash guvohnomasi yoki identifikasiya ID-kartasi amal qiladigan muddat davomida to‘lanadi;
  • fuqaroning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan qo‘shimcha to‘lovni to‘lash «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 63-moddasi (pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyani to‘lash va dafn etish uchun nafaqa to‘lash)da nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!