O‘zbekiston va Britaniya ta’lim tashkilotlari ingliz tilini zamonaviy platformalar orqali o‘rgatish yo‘nalishida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Britaniya ta’lim tashkilotlari ingliz tilini zamonaviy platformalar orqali o‘rgatish yo‘nalishida hamkorlik qiladi

Mamlakatimiz elchixona ko‘magida Buyuk Britaniyaning "Imperial English UK" ta’lim tashkiloti direktori Govind Desai va Samarqand hamda Buxoroda joylashgan Zarmed universiteti ta’sischisi Dilshod Shukurlayev o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tomonlar ingliz tilini an’anaviy hamda raqamli platformalar orqali o‘rgatish, ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini baholash va oshirish, shuningdek, "IELTS" va "TESOL" treninglarini tashkil etishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida ingliz tilini o‘rgatishning barcha bosqichlarida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarida manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

"Imperial English UK" ta’lim tashkiloti Britaniyadan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning bosh ofisi Birmingem shahrida joylashgan. Muassasa 35 dan ortiq mamlakatlardagi ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilgan.

Faoliyatining eng asosiy yo‘nalishlari ingliz tilini sodda shakllarda o‘rgatishga doir onlayn hamda an’anaviy tarzda ta’lim kurslarini ishlab chiqish hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!