O‘zbekiston Sumo federasiyasining faoliyati nimalardan iborat?

O‘zbekiston Sumo federasiyasining faoliyati nimalardan iborat?

Ma’lumki, sumo — bu Yaponiyada paydo bo‘lgan jang san’ati bo‘lib, unda ikki sportchi bir-birini aylanadan tashqariga itarib yuborishga yoki bir-birlarini oyoq kaftlaridan tashqari tananing har qanday qismi bilan yerga tegizishga harakat qilishadi. Faqatgina ushbu mamlakatda professional rikisi (sumo jangchilari) musobaqalari o‘tkaziladi. Dunyoning qolgan qismida esa faqat havaskor sumo mavjud.

Yaqinda Adliya vazirligi O‘zbekiston Sumo federasiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Kamol Usmonov uning raisi etib saylandi. Kamol Usmonov bungacha O‘zbekiston Skeyt assosiasiyasi bosh kotibi lavozimida ishlagan, Milliy olimpiya qo‘mitasida kurash bo‘limiga rahbarlik qilgan.

Kamol Usmonovning ma’lumotiga ko‘ra, Federasiya nodavlat notijorat tashkiloti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Federasiyaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda sumo sportini rivojlantirish va ommalashtirish, sumo sportchilari, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sumo bo‘yicha madaniy va sport tadbirlarini o‘tkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish, federasiya a’zolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilishdan iborat.

Durdona Abdujabborova esa O‘zbekistondagi birinchi sumo sportchisiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!