O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi delegasiyasi amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘ldi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi delegasiyasi amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘ldi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i, polkovnik Olimjon Axmedov boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiyasi amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyaga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif dasturiga muvofiq, delegasiya vakillari Koreya milliy polisiya agentligi, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi, Milliy sud ekspertizasi xizmati, Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti, Milliy polisiya universiteti, Polisiya tergov akademiyasi va Kyungpuk Milliy universitetida bo‘ldi.

Safar davomida har ikki mamlakat ichki ishlar organlari vakillarining qator uchrashuvlari o‘tkazildi. Ularda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shu orqali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!