"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Hukumatning tegishli topshirig‘iga binoan bugun 27-mart kunida "City Palace" mehmonxonasining forumlar zalida "Ichki turizm yo‘nalishidagi turoperatorlar mahsulotlarini turistlarga taqdim etish hamda yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish" maqsadida keng qamrovli yarmarka tashkil etildi. Yarmarka turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun B2B uchrashuvlar, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun katta debocha bo‘ldi.

Tadbirda turizm sohasidagi tadbirkorlik subektlari, kasaba uyushmalari, mehmonxona, xostel, tur operator, tur agentliklar, bank hamda sug‘urta kompaniyalari keng qamrovli uchrashuvlar tashkil etishdi. Do‘stona ruhda tashkil etilgan hamkorlik kelishuvlari yangi turistik marshrutlarni yaratish, sayohatlarda innovasion loyihalarni joriy etish kabi takliflaga to‘la bo‘ldi. Qolaversa ushbu yarmarkaning markaziy g‘oyasi aholi orasida sayohat madaniyatini shakllantirish va Toshkentning turistik salohiyatini yetarli darajada targ‘ib etish desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Kasaba uyushmalari federasiyasi Toshkent shahar kengashi raisi hamda bir qancha tashkilot raxbarlari Toshkentning hamda sohadagi imkoniyatlar haqida nutq so‘zlab barcha mehmonlarni ushbu kun bilan samimiy tabriklashdi.

Dastur yakuni bilan barcha ishtirokchilar uchun xususan talaba yoshlar ishtirokida double dacer aftobuslarida Toshkent shahri bo‘ylab infotur tashkil etildi. O‘ylaymizki oldinda shu turdagi yarmarkalar shahrimizning turistik jozibasini yana qayta jonlantirishga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!