Uzbekistan Airways barcha aviaqatnovlarga chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways barcha aviaqatnovlarga chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways bayram munosabati bilan barcha aviaqatnovlarga chegirma taqdim etadi, deb xabar bermoqda aviakompaniya matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 8 dekabr — O‘zbekiston Konstitusiyasi kunini nishonlash munosabati bilan 25 noyabrdan 8 dekabrgacha bo‘lgan sotuv davrida aviakompaniyaning barcha muntazam aviaqatnovlaridagi ekonom va biznes klass chiptalariga 8% chegirma taqdim etadi.

Aviachiptalarni aviakompaniya www.uzairways.com sayti, mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filiali, agentliklardan va aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari orqali xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qishki ta’til munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga 22 dekabrdan 10 yanvargacha Uzbekistan Airways tomonidan 50% chegirma taqdim etilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!