UzAuto Motors rekord darajada foyda oldi

UzAuto Motors rekord darajada foyda oldi

UzAuto Motors 2024 yil birinchi yarim yilligi uchun moliyaviy hisobotini taqdim qilindi. Kompaniya foydasi bu davrda rekord ko‘rsatdi — 1,9 trln so‘m. O‘sish ko‘rsatkichi 65 foizdan yuqori.

Hisoblab chiqarishlaricha UzAuto quyidagi ko‘rinishda foyda olmoqda:

— daqiqasiga 7,3 mln
— soatiga 436,7 mln
— kuniga 10,4 mlrd
— oyiga 318,8 mlrd so‘m.

1,9 trln so‘mlik sof foyda ko‘rsatkichiga kompaniya 2023 yilda 9 oyda erishgan edi . Bu safar 6 oy kifoya qildi. Kompaniya shuningdek, 281,8 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!