"UzAuto Motors" avtomobil xarid qilganlarga 10 million so‘mgacha qaytarib bermoqchi

"UzAuto Motors" avtomobil xarid qilganlarga 10 million so‘mgacha qaytarib bermoqchi

UzAuto Motors faqatgina karantin davrida Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini xarid qilgan xaridorlar uchun 3,9 mln so‘mdan 10,2 mln so‘mgacha keshbek olishni taklif qilmoqda.

“Bizning dilerlarga hozir qo‘ng‘iroq qilib, avtomobil buyurtma qiling, 100% oldindan to‘lovni amalga oshiring va avtomobilingiz yetkazib berilayotganda sizga quyidagi hajmda mablag‘ingiz qaytarib beriladi:

  • Spark – 3,9 dan 6,3 mln so‘mgacha
  • Nexia – 4,6 dan 7,4 mln so‘mgacha
  • Cobalt – 5,1 dan 8,3 mln so‘mgacha
  • Lacetti – 6,3 dan 10,2 mln so‘mgacha.

Kompaniya sizning kutganingiz evaziga to‘lov amalga oshirishga tayyor – keshbek hajmi avtomobilning yetkazib berish muddatiga bog‘liq“, deyiladi kompaniya xabarida.

Mazkur taklif yetkazib berish muddati 2020 yilning sentyabr oyidan dekabr oyiga qadar bo‘lgan avtomobillar uchun yangidan tuzilayotgan shartnomalarga amal qiladi.

Batafsil ma’lumotlar uchun dilerlik korxonalarining ushbu havolada ko‘rsatilgan Call-Markazlariga murojaat qilish mumkin.

Shuningdek, kompaniya karantin davrida avtomobilni uydan chiqmasdan, onlayn rejimda xarid qilish mumkinligini eslatib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!