UNICEF nima deydi?

UNICEF nima deydi?

Harorat keskin ko‘tarilishi sharoitida UNICEF Yevropa va Markaziy Osiyo hukumatlarini issiq to‘lqinning aholi salomatligiga ta’sirini kamaytirish strategiyasini ishlab chiqishga chaqirmoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, bolalarga e’tibor muhimligi aytilgan.

Tashkilot mutaxassislari issiqlik bilan bog‘liq kasalliklarga qarshi kurashish uchun birlamchi tibbiy yordam va iqlimdan erta ogohlantirish tizimiga sarmoya kiritish zarurligini ta’kidlaydi. Ekspertlar maktablarni bolalar o‘ynaydigan joylarda haroratni pasaytirishga moslashtirish va o‘qituvchilarni issiqlik stressiga javob berishga o‘rgatishga chaqirmoqda. Bundan tashqari shahar dizayni va infratuzilmasini ham iqlimga moslashtirish lozim. Binolar issiq havo ta’sirini imkon darajasida kamaytirish uchun mo‘ljallanishi kerak.

UNICEF aholi manzillari, ayniqsa suvning sifati yomonlashayotgan, miqdori kamayib borayotgan mamlakatlarda xavfsiz suv ta’minotini ta’minlashni tavsiya qiladi. Tashkilot butun mintaqadagi hukumatlar, gumanitar sheriklar va mahalliy hamjamiyat bilan haddan ziyod issiqqa chidamni oshirish uchun ishlashni davom ettirmoqda. Bu jarayon o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va oilalar stressga javob berish uchun bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!