Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi mag‘lubiyati global oqibatlarga olib keladi

Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi mag‘lubiyati global oqibatlarga olib keladi

Ukrainaning Rossiya bilan ziddiyatdagi mag‘lubiyati global oqibatlarga olib keladi. Bu haqda AQSh Milliy razvedka boshqarmasi direktori Evril Xeyns ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters.

Bunday holda, uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb iqtisodiy oqibatlarga va mavjud ittifoqlarning mustahkamligi masalasiga duch keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainadagi mojaro faqat Rossiya yutqazsagina tugashini aytgan edi.

O‘z navbatida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi maxsus operasiyada Rossiyaning g‘alaba qozonishi muqarrar ekanini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!