Ukraina armiyasi Kursk viloyatidagi 100 ta aholi punktini egallab olgan

Ukraina armiyasi Kursk viloyatidagi 100 ta aholi punktini egallab olgan

Ukraina armiyasi Kursk viloyatidagi 100 ta aholi punktini egallab olgan. Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh Qo‘mondoni xabar berdi.

Oleksandr Sirskiy bu ma’lumotni “Ukraina 2024. Mustaqillik” forumida aytib o‘tdi.

"Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatining 1294 kvadrat kilometr maydonini nazorat qilmoqda. 600 nafarga yaqin rus askari asirga olingan", — deya ma’lum qildi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni.

Bundan tashqari, Sirskiy Rossiya armiyasi qo‘mondonligi Kursk yo‘nalishiga 30 mingga yaqin askarni joylashtirganini va «bu ko‘rsatkich o‘sib borayotganini» aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!