Ukraina AQShga Rossiya Federasiyasidagi nishonlar ro‘yxatini taqdim etadimi?

Ukraina AQShga Rossiya Federasiyasidagi nishonlar ro‘yxatini taqdim etadimi?



Nashr manbasiga tayanib, Kiyev bu ro‘yxatdan «Vashingtonni Rossiya hududida Amerika qurollaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashga ishontirishga oxirgi urinish sifatida» foydalanayotganini da’vo qilmoqda. Politico xabariga ko‘ra, Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov va Zelenskiyning katta maslahatchisi Andrey Yermak shu hafta Vashingtonga tashrif buyurishadi. Ular Bayden ma’muriyatiga maqsadlar ro‘yxatini taqdim etishlari kerak.

Avvalroq Vladimir Zelenskiy Kiyevning G‘arbdagi ittifoqchilari u bilan Rossiya hududiga o‘z qurollarini qo‘llash bo‘yicha Ukrainaga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish haqida «so‘zlashmaslikka harakat qilishayotganini» aytgandi. Bir kun avval Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel bu kabi cheklovlarni bekor qilishga chaqirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!