UYEFAda o‘zgartirish: 2024/25 yilgi mavsumdan YECHLda 36 jamoa qatnashadi

UYEFAda o‘zgartirish: 2024/25 yilgi mavsumdan YECHLda 36 jamoa qatnashadi

UEFA 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab yevrokuboklar, shu jumladan Yevropa Chempionlar ligasi formatiga o‘zgarishlar kiritilishini ma’qulladi.

Unga ko‘ra, YECHL ishtirokchilari soni 32tadan 36taga oshiriladi. Yangi format «shveysarcha tizim»da o‘tkaziladi. 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab guruh bosqichi o‘rniga 36ta klubdan iborat yagona liga tashkil etiladi.

Turnir eng kamida 8 turdan iborat bo‘lib, shundan so‘ng eng yaxshi 24ta jamoa pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Sakkizta eng yaxshi natijaga ega jamoa Chempionlar ligasining 1/8 finaliga, qolgan 16ta jamoa – 9-24-o‘rin egalari 1/16 finalga yo‘llanma olib, pley-offda ikkita o‘yin o‘tkazadi. Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi ham shu tizimda o‘tkaziladi.

UYEFA bayonotida qayd etilishicha, jamoalar ichki musobaqalardagi ko‘rsatkichlariga ko‘ra turnirga yo‘llanma oladi. Qolaversa, UEFA koeffisiyentlar tizimidan voz kechadi va 2024 yildan boshlab Chempionlar ligasi uchun ikkita qo‘shimcha yo‘llanmani avvalgi mavsumni eng yaxshi o‘tkazgan ikki davlatga taqsimlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!