UYEFA Bellingemni jarimaga tortdi
UYEFA Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingemga nisbatan jazo chorasini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Bellingem Yevropa chempionatining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Slovakiyaga qarshi o‘yinda (2:1) chalqancha uslubda gol urganidan so‘ng nojo‘ya uslubda nishonladi.
UYEFA ushbu vaziyatni tahlil qilgach, angliyalik futbolchini 20 ming yevro miqdorida jarimaga tortishga qaror qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)