Tusk va Modi uchrashuvidan keyin nimalar deyildi?

Tusk va Modi uchrashuvidan keyin nimalar deyildi?

Polsha bosh vaziri Donald Tusk payshanba kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modini Ukrainadagi urushni «tinch» yo‘l bilan tugatish tarafdori bo‘lgani uchun olqishladi.

«Bosh vazir urushni tinch, adolatli va tez yakunlash uchun shaxsan o‘zi harakat qilishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaganidan juda mamnunman», dedi Tusk Varshavada Modi bilan muzokaradan so‘ng.

Tusk Hindiston urushni tugatishda juda muhim rol o‘ynashi mumkinligini ta’kidladi.

«Tarix xalqlarimizga qoidalarni hurmat qilish, chegaralarni, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish muhimligini o‘rgatgan», — dedi Tusk.

Modi matbuot anjumani chog‘ida mojaroni jang maydonida hal qilib bo‘lmasligiga ishonishini aytdi.

«Biz tinchlik va barqarorlikni imkon qadar tezroq tiklash uchun muloqot va diplomatiyani qo‘llab-quvvatlaymiz», dedi Modi Tusk bilan muzokaradan so‘ng.

Nyu Dehli bir necha bor Ukraina va Rossiya o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan kelishuvga erishish tarafdori bo‘lgan va G‘arbning Moskvaga qo‘ygan sanksiyalarini tanqid qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!