Turkmanistonlik fuqaro Xorazmdagi postda vafot etdi

Turkmanistonlik fuqaro Xorazmdagi postda vafot etdi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Xorazm viloyatining Shovot tumani «Shovot» chegara bojxona postida kutilmagan holat qayd etildi. 1940 yilda tug‘ilgan turkmanistonlik K. D. post orqali O‘zbekiston Respublikasidan Turkmaniston Respublikasiga chiqib ketayotib, birdaniga sog‘lig‘i yomonlashgan va to‘satdan vafot etgan. Bu haqda «Postda» nashri yozmoqda.

Sud-tibbiy ekspertizasida u yurak xurujidan vafot etganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan surishtiruvni prokuratura idoralari olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!