Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 1541 nafarga yetdi

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 1541 nafarga yetdi

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 1541 kishiga yetdi, 8733 kishi tan jarohati oldi, 3471 ta bino vayron bo‘ldi.

Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) xabarida aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila o‘chog‘i Qahramanmarash viloyatining Pazardjik tumanida, 7 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Hatay, Gaziantep, Kilis, Osmaniya, Malatya, Adiyaman, Shanliurfa, Diyorbekir, Adana va Qahramanmarash viloyatlarida jiddiy vayronagarchiliklar kuzatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!