Turkiya shimoli-g‘arbidagi zilzila zonasida 181 ta ob’ekt qayta quriladi

Turkiya shimoli-g‘arbidagi zilzila zonasida 181 ta ob’ekt qayta quriladi

Turkiya shimoli-g‘arbidagi Duzje provinsiyasida uy-joy fondi monitoringi natijasida 5,9 magnitudali zilzila oqibatida 181 ta bino jiddiy shikastlanganini aniqladi. Bu haqda Turkiyaning atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vaziri Murat Kurum ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, vazirlikning 300 nafar xodimi 23 noyabr kuni zilzila sodir bo‘lgan hududdagi 13185 ta binoni tekshirishga jalb qilingan.

«Shikastlangan barcha ob’ektlar zudlik bilan buzilib, o‘rniga yangi, xavfsiz va zilzilalarga chidamli ob’ektlar quriladi. Falokat zonasi aholisi qisqa vaqt ichida yangi kvartiralarga ega bo‘ladi», - deb ishontirdi vazir.

Avvalroq Turkiyada 23 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:08 da Rixter shkalasi bo‘yicha 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Zilzila episentri mamlakat shimoli-g‘arbida, xuddi shu nomdagi Duzje provinsiyasida joylashgan. Zilzila qurbonlari soni 93 kishiga etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!