Turkiya havo hujumlari oqibatida Iroq shimolidagi kurd jangarilarining 25 ta nishoni yo‘q qilindi

Turkiya havo hujumlari oqibatida Iroq shimolidagi kurd jangarilarining 25 ta nishoni yo‘q qilindi

Turkiya mudofaa vazirligi juma kuni Iroq shimolidagi transchegaraviy operasiyada havo hujumlarini amalga oshirib, noqonuniy Kurdiston Ishchilar partiyasining 25 ta nishonini yo‘q qildi, deb xabar qildi mamlakat mudofaa vazirligi.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, havo hujumlari Turkiya xavfsizlik kuchlariga qarshi hujumlarning oldini olish va mamlakat chegarasi xavfsizligini ta’minlash uchun amalga oshirilgan.

G‘orlar, boshpanalar, bunkerlar, omborlar va boshqa obektlarni o‘z ichiga olgan nishonlar PKK tomonidan Shimoliy Iroqning Gara, Qandil va Asos mintaqalarida qo‘llanilgani qo‘shimcha qilindi.

Bayonotda aytilishicha, bu operasiyada salmoqli miqdordagi jangarilar “zararsizlantirilgan".

Ma’lumot uchun, Turkiya hukumati o‘z bayonotlarida “terrorchilar”ning taslim bo‘lganini, o‘ldirilganini yoki qo‘lga olinganini anglatish uchun ko‘pincha “zararsizlantirish” atamasini ishlatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!