Toshkentdan Yekaterinburgga poyezd qatnovi to‘xtatiladi

Toshkentdan Yekaterinburgga poyezd qatnovi to‘xtatiladi

315/316-sonli Toshkent – Yekaterinburg yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd joriy yilning 8 dekabridan boshlab Rossiyaning Qozon shahrigacha qatnovni amalga oshiradi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Poyezd belgilangan jadvalga ko‘ra, har haftaning shanba kunlarida Toshkent Markaziy vokzalidan yo‘lga chiqib, seshanba kuni Qozon shahriga yetib boradi. Shu kunning o‘zida yo‘lovchi poyezdi Qozon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi. 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni joylardagi temir yo‘l kassalari hamda temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!