Toshkentda yo‘lovchilarga tegishli 2 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda yo‘lovchilarga tegishli 2 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida joriy yilning 14 sentyabr kuni IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan «Qoradori-2018» keng qamrovli tadbirida Angren shahrida yashovchi A.A. boshqaruvidagi Matiz avtomashinasi to‘xtatilib undan yo‘lovchilar A.T. va G.R.larga tegishli 2 ta selofan paketdan 2 kg. 78,24 gr. «marixuana» giyohvandlik moddasi topilgan va daliliy ashyo sifatida olingan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!