1 iyundan oliy ma’lumotli bog‘cha pedagoglarining maoshi oshdi, ammo bu hammaga ham tatbiq etilmadi

A A A
1 iyundan oliy ma’lumotli bog‘cha pedagoglarining maoshi oshdi, ammo bu hammaga ham tatbiq etilmadi

2024 yil 1 iyundan davlat bog‘chalarida ishlovchi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarning maoshi oshirilishi belgilangandi. Biroq jismoniy tarbiya, musiqa fanidan dars beruvchilarning ish haqi ko‘tarilmay qoldi. Vazirlik bunga ularning pedagog toifasida emasligini sabab sifatida ko‘rsatdi.

Bog‘cha pedagoglarining maoshi oshdi, ammo...

2023 yil 26 martda prezident imzolagan 79-sonli farmonga ko‘ra, shu yil 1 iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirilishi belgilangandi.

Biroq davlat bog‘chalarida bolalarga jismoniy tarbiya va musiqa fanidan dars beruvchi kadrlarning maoshi ko‘tarilmagani aytilmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bog‘chalardan birida ishlovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, u oliy ma’lumotli, 1,25 stavkada ishlaydi, 1 mln 720 ming so‘m oylik oladi. Oliy ma’lumotli, ammo 1 stavka ishlovchilar esa 1 mln 587 ming so‘m maosh olishi ma’lum qilindi.

“99-sonli buyruq [Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida] bo‘yicha biz ish hujjatlarini yuritamiz, hamma o‘qituvchilar hamkorlikda ishlamaydi. Tarbiyachi bolalarini bizga tashlab gruppaga kochib ketadi, 30 daqiqa davomida 35 nafar bola bilan bitta jismoniy tarbiya o‘qituvchisi dars o‘‌tadi. Tarbiyachi yoki tarbiyachi yordamchisi bizga yordam bermaydi.

Biz ham tarbiyachilar singari malaka oshiramiz, toifalarga topshiramiz. Pedagog vazifasini bajaramiz. Lekin hammaniki oshib, bizning oyligimiz oshmaydi. Nega?” – deydi ayol tahririyat muxbiri bilan suhbatda.

Chilonzor tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida ishlovchi yana bir jismoniy tarbiya ustozlaridan biri 1,5 stavkada ishlaydi, oliy ma’lumotli, 1-toifaga ega. U 2 mln 400 ming so‘m oladi.

“Jismoniy tarbiya yo‘riqchisining 1 stavka ishi 30 soat. 1 stavkada 8 ta guruhga mashg‘ulot o‘tadi. O‘quv yili davomida bolalar bilan ertalabki badantarbiya jarayonlarini, nonushtadan so‘ng tarbiyalanuvchilar bilan reja asosida mashg‘ulotlarni olib boramiz. Hamma pedagoglar qatori hujjatlarni yuritamiz, bolalar guruhi bilan shug‘ullanamiz.

Bundan tashqari, mashg‘ulotda qiynalgan bolalar bilan yakka tartibda ish olib boramiz. Reja asosida tadbirlar o‘tkazib, vazirlikdan kelgan buyruqlar asosida "Gimnastrada"," Shaxmat", "Mini futbol, stritbol, varkaut" yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazamiz. Tarbiyalanuvchilarni tumanlararo, shahar bosqich musobaqalariga tayyorlab olib boramiz. Biz tarbiyalanuvchilarga ham ta’lim, ham tarbiya beramiz. Lekin bizni pedagog deb hisoblashmaydi, texnik xodim sifatida ko‘rishadi.

Prezidentimiz qarorlari to‘laqonli bajarilishini va oliy ma’lumotli, toifalari bor jismoniy tarbiya yo‘riqchilarining maoshlari boshqa pedagoglar qatori oshirilishini talab qilamiz”, – deydi murojaat qilgan ayol.

Kun.uz’ga berilgan ma’lumotga ko‘ra, bog‘chaning o‘rta maxsus ta’limga ega jismoniy tarbiya yo‘riqchisi va musiqa rahbari 1 443 427 so‘m, oliy ma’lumotlisi 1 587 278 so‘m, 1-toifalisi 1 897 67 so‘m hamda 1 062 161 so‘m maosh olishi belgilangan.

1 iyundan oliy ma’lumotli bog‘cha pedagoglarining maoshi oshdi, ammo bu hammaga ham tatbiq etilmadi

calendar

19:39

1470

2024 yil 1 iyundan davlat bog‘chalarida ishlovchi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarning maoshi oshirilishi belgilangandi. Biroq jismoniy tarbiya, musiqa fanidan dars beruvchilarning ish haqi ko‘tarilmay qoldi. Vazirlik bunga ularning pedagog toifasida emasligini sabab sifatida ko‘rsatdi.

Foto: O‘zA

Bog‘cha pedagoglarining maoshi oshdi, ammo...

2023 yil 26 martda prezident imzolagan 79-sonli farmonga ko‘ra, shu yil 1 iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirilishi belgilangandi.

Biroq davlat bog‘chalarida bolalarga jismoniy tarbiya va musiqa fanidan dars beruvchi kadrlarning maoshi ko‘tarilmagani aytilmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bog‘chalardan birida ishlovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, u oliy ma’lumotli, 1,25 stavkada ishlaydi, 1 mln 720 ming so‘m oylik oladi. Oliy ma’lumotli, ammo 1 stavka ishlovchilar esa 1 mln 587 ming so‘m maosh olishi ma’lum qilindi.

“99-sonli buyruq [Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida] bo‘yicha biz ish hujjatlarini yuritamiz, hamma o‘qituvchilar hamkorlikda ishlamaydi. Tarbiyachi bolalarini bizga tashlab gruppaga kochib ketadi, 30 daqiqa davomida 35 nafar bola bilan bitta jismoniy tarbiya o‘qituvchisi dars o‘‌tadi. Tarbiyachi yoki tarbiyachi yordamchisi bizga yordam bermaydi.

Biz ham tarbiyachilar singari malaka oshiramiz, toifalarga topshiramiz. Pedagog vazifasini bajaramiz. Lekin hammaniki oshib, bizning oyligimiz oshmaydi. Nega?” – deydi ayol tahririyat muxbiri bilan suhbatda.

Chilonzor tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida ishlovchi yana bir jismoniy tarbiya ustozlaridan biri 1,5 stavkada ishlaydi, oliy ma’lumotli, 1-toifaga ega. U 2 mln 400 ming so‘m oladi.

“Jismoniy tarbiya yo‘riqchisining 1 stavka ishi 30 soat. 1 stavkada 8 ta guruhga mashg‘ulot o‘tadi. O‘quv yili davomida bolalar bilan ertalabki badantarbiya jarayonlarini, nonushtadan so‘ng tarbiyalanuvchilar bilan reja asosida mashg‘ulotlarni olib boramiz. Hamma pedagoglar qatori hujjatlarni yuritamiz, bolalar guruhi bilan shug‘ullanamiz.

Bundan tashqari, mashg‘ulotda qiynalgan bolalar bilan yakka tartibda ish olib boramiz. Reja asosida tadbirlar o‘tkazib, vazirlikdan kelgan buyruqlar asosida "Gimnastrada"," Shaxmat", "Mini futbol, stritbol, varkaut" yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazamiz. Tarbiyalanuvchilarni tumanlararo, shahar bosqich musobaqalariga tayyorlab olib boramiz. Biz tarbiyalanuvchilarga ham ta’lim, ham tarbiya beramiz. Lekin bizni pedagog deb hisoblashmaydi, texnik xodim sifatida ko‘rishadi.

Prezidentimiz qarorlari to‘laqonli bajarilishini va oliy ma’lumotli, toifalari bor jismoniy tarbiya yo‘riqchilarining maoshlari boshqa pedagoglar qatori oshirilishini talab qilamiz”, – deydi murojaat qilgan ayol.

Kun.uz’ga berilgan ma’lumotga ko‘ra, bog‘chaning o‘rta maxsus ta’limga ega jismoniy tarbiya yo‘riqchisi va musiqa rahbari 1 443 427 so‘m, oliy ma’lumotlisi 1 587 278 so‘m, 1-toifalisi 1 897 67 so‘m hamda 1 062 161 so‘m maosh olishi belgilangan.

Bog‘cha pedagog xodimlarining 1 stavkada oladigan ish haqi va 1 iyundan o‘zgaradigan qiymati /

Foto: Murojaat qilgan fuqarolardan

“Ular pedagog emas, shu sabab maoshi oshirilmaydi” – MMTV

Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy izoh bildirishicha, bog‘chada ishlovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchisi hamda musiqa rahbari pedagog toifasiga kirmagani sabab ularning maoshi oshmagan.

“Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 25-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 3-bandida pedagog xodimlar — xalq ta’limi tashkilotlarida ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi o‘qituvchi va tarbiyachilar ekani ko‘rsatib o‘tilgan.

Shunga ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlari tarbiyachi, tayyorgarlik guruhi tarbiyachisi, tarbiyachi-metodist, o‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped hamda til o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tegishli pedagog xodimlari o‘qituvchi va tarbiyachilari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirilgan”, – deyiladi rasmiy munosabatda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilovning aytishicha, jismoniy tarbiya va musiqa xodimlari uchun o‘rta-maxsus ta’lim darajasi lavozim malaka talablari sifatida belgilangan, aksariyat bog‘chalarda bu lavozimlarda o‘rta-maxsus diplomga ega xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.

“Bu masala alohida o‘rganilib, haqiqatan ham o‘qituvchidan talab qilinadigan vazifalarni taqozo qilayotgan bo‘lsa, qayta ko‘rib chiqiladi”, – dedi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada jami 11 ming 50 nafar musiqa rahbari, 6 ming 821 nafar jismoniy tarbiya yo‘riqchisi bor. Shularning mos ravishda 2 ming 543 nafari hamda 1 ming 819 nafari oliy ma’lumotli. Qolgani o‘rta maxsus sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

"Manchester Siti"ning O‘zbekistondagi hamkori ma’lum bo‘ldi

Англиянинг "Манчестер Сити" клуби Ўзбекистоннинг "Artel" компанияси билан ҳамкорлик қилади.

«Busiz iloji yo‘q»: Zelenskiy Ukraina Rossiya aktivlarisiz yashay olmasligini aytdi

Киев режими раҳбари Владимир Зеленский Украина мусодара қилинган Россия активларисиз яшай олмаслигини айтди, деб ёзади Sky News.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.