Isroil G‘azoning bir qator hududlari aholisini zudlik bilan evakuasiya qilishga chaqirdi

Isroil G‘azoning bir qator hududlari aholisini zudlik bilan evakuasiya qilishga chaqirdi

Isroil armiyasi aholi va ko‘chirilganlarni G‘azo shahrining bir qismini zudlik bilan Falastin anklavining markazidagi Dayr al-Balahdagi gumanitar hududga evakuasiya qilishga chaqirdi.

Sabra, Rimal, Tal al-Hava va Daraj hududlaridagi barcha aholi va ko‘chirilganlarga shoshilinch chaqiruv. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, gumanitar zonadagi Dayr al-Balahdagi boshpanalarga zudlik bilan evakuasiya qiling, deydi Isroil armiyasi vakili.

Isroil mudofaa kuchlari vakili zudlik bilan tark etilishi kerak bo‘lgan 14 ta kvartalni ham sanab o‘tgan.

Times of Israel nashri 8 iyul kuni ertalab Isroil armiyasi G‘azo janubida HAMAS va “Islomiy jihod” guruhlariga qarshi yangi operasiya boshlaganini xabar bergan edi.

Avvalroq Isroil kuchlari G‘azoda hujum uyushtirishi oqibatida HAMAS oliy rahbariyati vakili halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Halok bo‘lgan Ihob al-G‘usayn HAMAS ma’muriyatida mehnat vaziri o‘rinbosari, undan oldin esa Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!