Qoidabuzar avtobus haydovchisiga chora ko‘rildi

Qoidabuzar avtobus haydovchisiga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video yuzasidan qoidabuzar avtobus haydovchisiga chora ko‘rildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqda YUTONG rusumli, 01 931 LKA davlat raqam belgili elektrobus haydovchisi, yo‘l harakati qoidalarini buzib svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanganligi to‘g‘risida tanqidiy video tarqaldi.

📹Video Toshkent shahar IIBB YHXB hamda Toshshahartrans xizmati xodimlari tomonidan o‘rganilganda, ushbu elektrobus haydovchisi, 1998 yilda tug‘ilgan A.S.ga nisbatan o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi MJTK ning 128 ⁴ moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!