Key Starmer 40 ming mahbusni ozod qilmoqchi

Key Starmer 40 ming mahbusni ozod qilmoqchi

Britaniyaning yangi bosh vaziri Key Starmer 40 ming mahbusni qamoqxonalardan ozod qilmoqchi. Bu haqda “The Times” nashri ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, bu uning ushbu lavozimdagi birinchi qarorlaridan bo‘ladi.

Bundan tashqari, Starmer jazo muddatining yarmidan kamini o‘tagan jinoyatchilarni ozod qilish uchun favqulodda choralar ko‘rishni buyurgan. Bu qaror mamlakatdagi qamoqxonalarning haddan tashqari ko‘pligi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyul kuni qirol Charlz III Buyuk Britaniyaning yangi bosh vazirini tayinlagan edi. Yangi Bosh vazir Key Starmer faoliyati davomida chegara xavfsizligini mustahkamlash, soliqlarni kamaytirish va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni yaxshilashga va’da bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!