Kiyevda portlashlar yuz berdi

Kiyevda portlashlar yuz berdi

Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko ma’lum qildi. Unga ko‘ra, shifokorlar Solomenskiy tumaniga yuborilmoqda. Kiyev rahbari, shuningdek, aholini boshpanadan chiqmaslikka chaqirdi.

Kiyevning Solomenskiy, Dnepr va Goloseevskiy tumanlarida vayronalarning qulashi qayd etildi, deb xabar berdi shahar harbiy boshqarmasi.

Ukraina harbiy-havo kuchlari Dnepr, Krivoy Rog va Cherkas viloyati tomon raketa uchirilishi haqida ogohlantirdi. Odessada elektr transporti faoliyati bir soatga to‘xtatildi.

Ukraina bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!