Turkiyada «Rosatom»ning AES qurilishi uchun pullari xatlovga olindi

Turkiyada «Rosatom»ning AES qurilishi uchun pullari xatlovga olindi

Rossiyaning «Rosatom» korporasiyasi eng yirik Rossiya-Turkiya investision loyihasi — «Aqquyu» AESini qurish uchun o‘tkazib bergan pullar xatlovga olingan, degan korporasiya rahbari Aleksey Lixachyov «Rossiya 1» telekanaliga bergan intervyusida.

Turkiyada «Rosatom»ning AES qurilishi uchun pullari xatlovga olindi

calendar

19:10

4871

Rossiyaning «Rosatom» korporasiyasi eng yirik Rossiya-Turkiya investision loyihasi — «Aqquyu» AESini qurish uchun o‘tkazib bergan pullar xatlovga olingan, degan korporasiya rahbari Aleksey Lixachyov «Rossiya 1» telekanaliga bergan intervyusida.

«Aqquyu» atom elektr stansiyasi. Foto: TRT Haber

«O‘zaro hisob-kitob tizimi zarba ostida. Ular pullarni xatlovga olib, muzlatib qo‘yishmoqda», — deya shikoyat qilgan Lixachyov «Moskva. Kreml. Putin» dasturi efirida.

Top-menejerning so‘zlariga ko‘ra, pullarning xatlovga olinishiga «Rosatom» bilan bilan ishlovchi «yuridik shaxslar va banklar o‘rtasida zir qatnab yurgan amerikaliklar» sababchi.

Turkiyada 25 mlrd dollarga baholangan va to‘liq Rossiya tomonidan moliyalashtiriladigan AES loyihasini amalga oshirishga sanksiyalar xalaqit bermoqda, degan Lixachyov. Garchi «Rosatom»ning o‘zi g‘arb davlatlarining cheklov choralari ostiga tushmagan bo‘lsa-da, uning bir nechta shu’ba korxonalari sanksiya ro‘yxatlariga kiritilgan. Ularning orasida yadroviy qurilmalarni montaj texnologiyasini ishlab chiquvchi «Atomstroy» AJ va uranni boyitish uchun sentrifugalar ishlab chiqaruvchi «Tochmash» ishlab chiqarish birlashmasi bor.

Lixachyovning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar va qiyinchiliklarga qaramasdan, «Rosatom» Turkiyada ilk ishga tushiriladigan va rejaga ko‘ra 12 mln iste’molchini tok bilan ta’minlaydigan AES qurilishini davom ettiradi.

Turkiya va Rossiya o‘rtasida «Aqquyu» AESini qurish va foydalanishga topshirish bo‘yicha hukumatlararo bitim 2010 yilda imzolangan edi. O‘tgan yili to‘rtta enegoblokdan birinchisining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi. AES to‘liq ishga tushirishgach, loyihaviy quvvat Turkiyaning elektr energiyasiga bo‘lgan talabining 10 foizini qondiradi. AESning fizik ishga tushirilishi joriy yilga mo‘ljallangan.

Moskva ushbu loyihani o‘zining «suveren fondlari» evaziga moliyalashtirmoqda, degan edi Vladimir Putin iyun oyida o‘tgan fan va tadim bo‘yicha kengash yig‘ilishida. «Bularning barchasi Rossiya hisobidan», — degan edi Putin, bunday darajadagi davlat moliyalashtirishi «iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi»ga urg‘u berib.

«Aqquyu»dan tashqari Turkiya hokimiyati yana uchta AES qurmoqchi, shuningdek, kichik modul reaktorlarni xarid qilmoqchi. «Rosatom»dan tashqari Turkiya energetika vazirligi amerikalik pudratchilar, shuningdek, Xitoy va Janubiy Koreya kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda, deya xabar bergan Reuters vazirlikning yuqori martabali mulozimiga asoslanib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!